Faktoring – boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik bo’yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Bunda bank
korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o’zi uchun foydali shartlar asosida
naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda
qarzdorlik bo’yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan
so’ng undirishi mumkin bo’ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo’yicha operatsiyalar majmui. Kredit berish quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
- ssuda berishning maqsadli tavsifi;
- kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;
- ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to’lovliligi.
Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foydalanilganlik
uchun olingan foydadan ssuda foizini to’lash zarurati korxonalarni xo’jalik
yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga undaydi.
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanish foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi:
436
100
ssuda K r r , bu yerda:
r’ – foiz normasi;
r – foiz summasi;
K
ssud
– qarzga berilgan pul (kapital) summasi.
Agar 100 ming so’m yiliga 20 ming ssuda foizi to’lash sharti bilan qarzga
berilgan bo’lsa, ssuda foizi normasi 20% ni tashkil qiladi.
4. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda