446
Faktoring – boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini
sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari.
Forfeyting – uzoq muddatli faktoring munosabatlari.
Trast – mijozlarning kapitallarini boshqarish bo’yicha operatsiyalari.
Banklar – kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil
qiluvchi maxsus muassasalar.
Bank operatsiyalari – mablag’larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo’yicha
amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Bank foydasi (marja) – olingan va to’langan foiz summalari o’rtasidagi farq.
Bank foyda normasi – bank sof foydasining uning o’z kapitaliga nisbatining
foizdagi ifodasi.