a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet467/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr 
energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish.
Bunda 
davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o’ziga qarashli korxona va tashkilotlarning 
iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum doirada amal qilib, 
ko’pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo’lmagan korxonalar 
doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda 
iqtisodiy o’sish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan vaqt o’tishi bilan samarasiz 
bo’lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’ektiga 
aylantiriladi. 
Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, 
davlatning boshqaruvchilik vazifalarini-funktsiyalarini qisqartirish, uning korxonalar 
xo’jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash»
120
hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati.
Bu iqtisodiyotni tartibga 
solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga 
qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan 
taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ta’sirida 
inflyatsiya darajasining pasayishi investitsiyalar hajmining oshishini rag’batlantiradi;
d) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko’radi. 
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, 
muhtojlarga yordam ko’rsatadi;
e) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab 
chiqish va qabul qilish. 
Bunday qonunlar
 
qatoriga monopoliyaga qarshi qonunchilik, 
tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini 
tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar kiradi. 
120
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «Yangi asr avlodi», 2001, 62-bеt. 


457 
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo’li bilan kafolatlanadi, 
turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo’l berilmaydi va 
erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik 
beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o’z ifodasini topadi.

Download 8,58 Mb.
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish