465
Mamlakatimizdagi aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg’armalarining
keyingi yillardagi dinamikasi quyidagi jadval ma’lumotlari orqali tavsiflanadi (24.2-
jadval).
24.2-jadval
O’zbekistonda aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg’armalarining
dinamikasi (mlrd. so’m)
Ko’rsatkichlar
Yillar
2004
2005
2006
2007
2008
Aholi pul daromadlari
7634,4 9728,6 12954,9 16872,7 22626,3
Aholi pul xarajatlari va jamg’armalari 7561,1 9533,0 12680,7 16572,8 22240,7
Pul daromadlarining
xarajatlardan
farqi
73,3
195,6 274,2
299,9
385,6
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda aholi pul daromadlari sezilarli darajada
oshib bormoqda. Muvofiq ravishda aholining pul xarajatlari va jamg’armalari ham
o’smoqda, biroq, bu o’sish daromadlar o’sishi darajasidan ortda qolishi sababli, aholi
ixtiyoridagi pul qoldiqlari miqdori oshib bormoqda. Xususan, bu ko’rsatkich 2008
yilda 2004 yildagiga nisbatan 5,3 barobardan oshgan.
O’zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari
tarkibining tahlili shuni
ko’rsatadiki, daromadlarning ahamiyatli qismi mol-mulk,
tadbirkorlik faoliyati va
qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotishdan olinmoqda (2008 yilda jami pul
daromadlarining 49,9 foizni tashkil etgan) (24.3-jadval). Jami daromadlarning 33,3
foizi mehnatga haq to’lash va korxonalardan olingan
boshqa daromadlar hissasiga,
16,8 foiz ijtimoiy transfertlar hissasiga to’g’ri kelgan.