• Xulosalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet471/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    tashqi iqtisodiy usullar
    yordamida 
    ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi 
    dunyo bilan amalga oshiriladigan xo’jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko’rsatiladi.
    Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag’batlantirish 
    tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini 
    kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi 
    savdoda boj to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb 
    qilish yoki cheklash bo’yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, 
    xalqaro 
    iqtisodiy 
    tashkilotlarda 
    va 
    davlatlararo 
    uyushmalarda 
    qatnashish 
    mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
    Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan 
    barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy 
    iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy 
    aloqalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
    Xulosalar: 
     
    1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi 
    uning bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan 
    yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; 
    123
    Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O’zbеkiston 
    Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 
    yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi 
    majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2008 yil 9 fеvral. 


    461 
    bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib 
    chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini 
    himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman 
    yengillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi 
    haqida g’amxo’rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish 
    va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy 
    o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi. 
    2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat 
    a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish 
    resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy 
    muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini 
    tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi.
    3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari 
    orqali ifodalanib, ular asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va 
    himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. 
    Ya’ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va 
    ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta 
    taqsimlash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy 
    tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat 
    qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. 
    4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir qilish 
    usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita 
    ta’sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning 
    alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish ko’zda tutiladi. Bu 
    usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlarini 
    bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati; ish bilan 
    bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga 
    solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k.
    5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik 
    beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-kredit 
    siyosatining
     
    asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi: hisob stavkasini tartibga 
    solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal 
    hajmini o’rnatish va o’zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar 
    bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to’lash). 
    Davlat budjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratilib, 
    bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish