• ditsel koeffitsienti
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet479/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    24.1-chizma 
    Lorens egri chizig’i
     
    Daromad, % 
    100 ye
    80 
    60 
    40 
    20 

     
    0
     
    20 40 60 80 100 Aholi, %
    Daromadlar 
    tabaqalanishini 
    aniqlashning 
    ko’proq 
    qo’llaniladigan 
    ko’rsatkichlaridan biri
    ditsel koeffitsienti
    hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10 foiz eng 
    yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10foiz eng kam ta’minlanganlar 
    o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk 
    Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvetsiyada esa 5,5:1ga teng. 
    Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun 
    aholi 
    daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti)
    ko’rsatkichi qo’llaniladi. Jini 
    koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig’i bilan mutlaq tenglik chizig’i o’rtasidagi 
    yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik 
    katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat 
    a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, 
    keyingi yarim asr davomida Jini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, 
    AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan. 
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu 
    ko’rsatkich o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida 
    tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga 
    boradi. Milliy iqtisodiyotda o’rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va 
    ishlovchilar toifalari bo’yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi. 
    Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo’lishining asosiy sababi bozor 
    tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o’z xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
    Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlar tengsizligi muammosini 
    keskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko’chmas mulk, aktsiya va 
    boshqalar)ga ega bo’lish omili o’ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish 
    jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o’n baravar yuqori 
    daromadga ega bo’lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi 
    mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o’tishi bilan oilalarning o’z mol-mulkini 
    meros qilib qoldirishi natijasida daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro’y beradi. 


    471 
    Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar 
    taqsimotida adolatni ta’minlashda muhim muammolar vujudga keladi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi 
    umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
    -
    kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; 
    -
    ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
    -
    tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
    -
    ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi 
    hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. 
    Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar 
    tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay 
    moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi. 
    Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert 
    to’lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to’lovlari eng past daromad 
    oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75foiz)ni tashkil qiladi va 
    qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish