iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet487/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari
ning turli-tumanligi 
ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. 
Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va mezonlardan 
foydalaniladi: 
- mutlaq va nisbiy YaIM; 
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori; 
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; 
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; 
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. 
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar 
mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni 
aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi 
daromad darajasi
bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, 
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan 
qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini 
farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi 
chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat); 
- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta 
mamlakat); 
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib 
xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga
mos ravishda davlatlarning uchta guruhini 
ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda 
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar. 
Rivojlanganlik 
darajasi
bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o’rtacha va yuqori 
rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi 
industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar 
(Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar 
(EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (CHad, Bangladesh, Efiopiya), 
har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi. 
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har 
xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, 
baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli 
tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy 
iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas. 
Jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi shunday davrlarga to’g’ri keladiki, bu 
davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o’sib 


480 
chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish 
jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo’jalik aloqalarining 
baynalminallashuvini ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi 
taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o’sib chiqadi va ob’ektiv ravishda ishlab 
chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo’yadi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish