• 2. Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet489/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    baynalminal qiymatga
    asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, 
    ijtimoiy zaruriy 
    baynalminal mehnat sarflari
    jahon bozorida e’tirof qilinadi. 
    Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga 
    oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus omillar 
    jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar 
    qiymatining o’zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar 
    va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi 
    raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy 
    darajadagi farqlarini aks ettiradi. 
    Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o’n yilliklarda yangi texnologik asoslarga 
    o’tish jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish 
    jarayonlarining baynalminallashuvi o’zining har ikkala shaklida: 
    integratsion
    (milliy 
    xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslashuvi orqali) va 
    transmilliy
    (xalqaro ishlab 
    chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun 
    dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili 
    kuzatiladi. Xususan, rivojlangan yevropa integratsion hamjamiyati (EI) doirasida 
    tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy 
    Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSH, Kanada va Meksika iqtisodiyotining 
    integratsiyasini ko’zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-
    sharqiy Osiyo, O’rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari 
    uchun ham xususiyatli bo’lmoqda. 
    2. Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari 
     
    Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni 
    ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon 
    xo’jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarining 
    birlashuvi jarayonini aks ettiradi. 
    Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda 
    bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Oldingi o’rinda 
    ko’rsatilganidek, baynalminallashuv jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari 
    o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichi 


    482 
    hisoblanadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish