• 3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.
  • ) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet492/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi. 
    Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar 
    o’rtasidagi taqsimoti o’ta darajada notekis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining 
    eng boy chorak qismi YAIMning o’rtacha jon boshiga 6 baravar o’sishiga erishgan 


    484 
    bo’lsa, eng kambag’al chorak qismi esa bu ko’rsatkichning 3 baravar o’sishiga 
    erishgan xolos.
    BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi 
    davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning deyarli 
    yarmi ochlik va to’yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli 
    kasalliklar natijasida o’limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli darajada 
    ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar. Shuningdek, «yashirin ochlik» – 
    sifatli va to’liq ovqatlanmaslik ham keng tarqalgan. 
    Shunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari 
    ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko’paytirish imkonini berib, u nafaqat hozir, 
    balki kelgusida yashashi mumkin bo’lgan barcha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga 
    bo’lgan ehtiyojlarini qondira oladi. 
    3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. 
    Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo’jalik faoliyatining tabiatga 
    ta’siri u qadar ahamiyatli bo’lmay, tabiat o’zining ekologik muvozanatini qayta 
    tiklashga qodir bo’lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga ko’rsatilayotgan 
    ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o’zini-o’zi qayta tiklash qobiliyatini 
    yo’qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, keyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 
    mingga yaqin turdagi o’simlik va hayvonlar qirilib ketgan. 
    Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab bormoqda, 
    o’rmon materiallari resurslari va xomashyoning boshqa turlari qayta tiklanib 
    ulgurmayapti. yer yuzidagi iqlimning o’zgarishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, 
    boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.
    Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida 
    tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik 
    kapital qo’yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun butun 
    dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim bo’ladi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish