) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet493/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi. 
Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan 
demografik «portlashlar», ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o’sishi ko’rsatiladi. 
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o’sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-
iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining 
ko’payishi natijasida ratsional xo’jalik yuritishga to’sqinlik qiluvchi aholining nisbiy 
ortiqchaligi belgilari ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga 
qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol 
darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past 
darajada qolmoqda. 
Bu kabi holatlardan ba’zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin xulosalar 
chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning 
o’rnatilishi, jumladan oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini 
kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko’ra, ular bu mamlakatlarda yangi 
texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif 
qilsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi.


485 
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan 
globallashuv jarayonlari o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, bu 
jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol 
ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.
 
3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 
Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular 
tashqi iqtisodiy qismlari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish 
omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar 
o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish