487
Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli
xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va
ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha
yengillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali
rivojlanadi.
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy aloqalarga
tobora ko’proq o’rin bo’shatadi, ya’ni fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarish va
boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o’sib boradi. Hisob-
kitoblarga ko’ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 46 foizini
tashkil qiladi.