494
chiqaradi, deb hisoblaydilar. Bu oqim vakillari iqtisodiy integratsiyaga
integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarning chuqur
jarayoni sifatida qarab, buning natijasida sifat jihatidan yangi integratsiyalashgan
makon, nisbatan takomillashgan xo’jalik organizmi paydo bo’lishini ta’kidlaganlar.
Neokeynschilik
(asosiy vakili R.Kuper) yo’nalishi xalqaro iqtisodiy
hamkorlikning markaziy muammosini mamlakatlarning erkinligini maksimal darajada
saqlab qolgan holda integratsiya jarayonlaridan olinadigan turli-tuman naflilikni
ko’paytirishga asosiy e’tibor qaratgan. Neokeynschilar xalqaro integratsiyani
rivojlantirishning mumkin bo’lgan ikkita variantini ilgari surdilar: birinchisi –
iqtisodiy maqsad va siyosatni muvofiqlashtirgan holda milliy erkinlikni yo’qotish
asosidagi integratsiya; ikkinchisi – milliy mustaqillikni imkon qadar saqlab qolish
shartiga asoslangan integratsiya. Bu variantlarning hech biri sof holda mavjud
bo’lmasligini anglagan holda, ular integratsiyalashuvchi tomonlarning ichki va tashqi
siyosatlarini muvofiqlashtirish yo’li bilan bu variantlarni uyg’unlashtirish zarurligini
ko’rsatganlar. Neokeynscha yo’nalishning yana bir ko’rinishi