492
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat
qilishi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay
sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib
o’tishi.
Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib
ketishi.
Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o’ziga xos xususiyati
nimadan iborat? Jahon xo’jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
2.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga asoslanadi?
Ularni turkumlash bo’yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib davlatlarning
asosiy guruhlarini ajratib ko’rsating.
3.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat?
4.
Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo’nalishlari mavjud?
Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering.
5.
Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o’ynaydi?
6.
Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar tavsifini bering.
7.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo’ladi?
Ularning asosiy shakllarini sanab ko’rsating.
8.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to’g’risida tushuncha bering. Xalqaro
migrantlar qanday toifalarga ajratiladi?
9.
Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning har
birining ahamiyatini ko’rsating.
10.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib qo’yadi?
Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday xalqaro
tuzilmalarni bilasiz?