498
Kanadadagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar tarkibida AQSHning ulushi
75%dan, Kanadaning AQSHdagi ulushi esa 9%dan ortiq. AQSHga Meksika
eksportining 70%dan ortig’i yo’naltirilib, AQSHdan Meksikaga 65% import kelib
tushadi.
Shimoliy Amerika integratsion guruhining mavjud tarkibi yevropadagi
integratsiya modelidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- AQSH, Kanada va Meksika o’rtasidagi iqtisodiy o’zaro aloqalarning teng
nisbatlarda emasligi;
- bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining keskin farq qilishi.
Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amerika bitimi (NAFTA)ning asosiy jihatlari
quyidagilardan iborat:
- 2010 yilga qadar barcha bojxona to’lovlarini bekor qilish;
- tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to’siqlarning ahamiyatli qismini
bosqichma-bosqich tugutib borish;
- Meksikadagi Shimoliy Amerika kapital qo’yilmalari uchun shart-sharoitlarni
yaxshilash;
- Meksika moliya bozorida AQSH va Kanada banklarining faoliyatini
erkinlashtirish;
- AQSH, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish.
Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy hamkorlikni
chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini
kengaytirish ham ko’zda tutilmoqda.
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)
1967 yilda
tashkil topganligiga qaramay, faqat 1992 yilga kelib uning ishtirokchilari (Indoneziya,
Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Bruney, Vetnam, Myanma, Laos) o’z
oldilariga 2008 yilga qadar yagona mintaqaviy erkin savdo hududini tashkil etish
vazifasini qo’ydilar. ASEANning a’zosi hisoblangan har bir mamlakatning iqtisodiyoti
YAponiya, AQSH, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiyoti bilan
chambarchas bog’liq.