• Siyosiy ittifoq yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik doirasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan. Valyuta ittifoqi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet509/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Iqtisodiy ittifoqning
    amal qilishi yeI Vazirlar kengashi tomonidan yeI iqtisodiy 
    siyosatining asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilishini ko’zda tutadi hamda ularga har bir 
    a’zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi.
    Siyosiy ittifoq
    yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik 
    doirasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan.
    Valyuta ittifoqi
    yeI doirasida yagona pul-kredit siyosatini olib borish hamda 
    barcha mamalakatlar uchun umumiy bo’lgan valyutaning amal qilishini anglatadi.
    1999 yil 1 yanvardan yeI mamlakatlari hududida yevro hisob-kitob birligi sifatida 
    amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valyuta ittifoqiga yeIning barcha a’zolari kirmay, 
    Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya va SHvetsiya yevro hududidan tashqarida qoldi.
    EI to’la huquqli a’zolari tarkibi yillar davomida kengayib bormoqda. Hozirda 
    uning tarkibiga 27 mamlakat kiradi: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, 
    Niderlandiya, Frantsiya (1957 yil); Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yil); 
    Gretsiya (1981 yil); Grenlandiya (1985 yil); Portugaliya, Ispaniya (1986 yil); Avstriya, 
    , Finlyandiya, SHvetsiya (1995 yil); Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, 
    Slovakiya, Sloveniya, CHexiya, Estoniya (2004 yil); Bolgariya, Ruminiya (2007 yil). 
    EIga a’zo bo’lish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob berishlari 
    kerak: 
    - demokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faoliyati; 
    - huquqiy tartibning o’rnatilishi va unga amal qilinishi; 
    - inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi; 
    - bozor iqtisodiyotining amal qilishi; 
    - Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta’siriga bardosh bera 
    olish; 
    - o’z zimmasiga a’zolik majburiyatlarini, shu jumladan, siyosiy, iqtisodiy va 
    valyuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik. 
    Evropa Ittifoqining kengayishi o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir 
    tomondan, yangi hududlar va aholining qo’shilishi hisobiga yeIning resurs salohiyati 
    o’sadi, mavjud a’zolar uchun bozorlar ahamiyatli darajada kengayadi, yeIning 
    jahondagi siyosiy mavqei kuchayadi. Boshqa tomondan, yeIdan katta hajmdagi sarf-
    xarajatlar, jumladan, uning yangi a’zolari uchun subsidiya va transfert to’lovlari uchun 
    budjet sarflarining o’sishi talab etiladi. Yangi a’zolar iqtisodiyotining tarmoq bo’yicha 
    tarkibi talabga javob bermaganligi sababli, yeIda beqarorlik xavfi kuchayadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish