O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet517/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Asosiy tayanch tushunchalar: 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – jahon mamlakatlari o’zaro iqtisodiy aloqalarining 
chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat 
taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni. 
Erkin savdo hududlari – iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning 
dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi. 
Bojxona ittifoqi – yagona tashqi savdo ta’riflari o’rnatishni va uchinchi 
mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi. 
To’lov ittifoqi – milliy valyutalarning o’zaro almashinuvi va hisob-kitobda 
yagona pul birligining amal qilishi. 
Umumiy bozor – bunda uning qatnashchilari o’zaro erkin savdoni amalga 
oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o’tkazish bilan birga kapital va ishchi 
kuchining erkin xarakati ta’minlanadi. 
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo’lib, 
bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-
moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi. 
Qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya – integratsiya jarayonlaridan ba’zilari 
naf ko’ruvchi, boshqa birlari donor mamlakatlar hisoblanadigan integratsiyaning 
tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan turi.
Moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya

har bir mamlakat bir 
vaqtning o’zida ham donor, ham naf ko’ruvchi hisoblanadigan integratsiya turi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
11. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima va uning qanday shakllari mavjud? 
12. 
Erkin savdo hududlarining mohiyatini tushuntiring. Bunday tuzilmalarning 
integratsiyalashuv jarayonidagi o’rni qanday? 
13. 
Bojxona ittifoqi va to’lov ittifoqi bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
14. 
Umumiy bozorning amal qilish tamoyillari qanday va bugungi kunda uning 
faoliyati uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi? 
15. 
Integratsiyaning qanday turlarini bilasiz? Har biriga misollar keltiring.


505 
16. 
Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvining 
qanday darajalari mavjud? 
17. 
Evropa Ittifoqi, Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amerika bitimi (NAFTA), 
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) to’g’risida ma’lumot 
bering. 
18. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi yana qanday nazariyalarni 
bilasiz? Bu nazariyalarning afzal va kamchilik tomonlarini taqqoslang. 
19. 
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo’nalishlarini ko’rsating. 
20. 
Mamlakatimizning keyingi yillardagi tashqi iqtisodiy faoliyatiga baho bering. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish