|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 513/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI mintaqaviy darajadagi
integratsiyasi – bu umumiy tarixga,
yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan
qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning
aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo
mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan
biri –
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir.
Bu tashkilot 2001 yilning 15
iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy
mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi,
obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish
istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati haqida
gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-
integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo unga
a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini
ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv
ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi
(26.1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq
bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0
%. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi
12,1 trln. doll.dan oshadi.
O’zbekistonning SHanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy
integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy
manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan
ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi,
mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi
tovarlarining
savdosini
kengaytirishi
maqsadga
muvofiqdir.
Shuningdek,
telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm,
hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini
kuchaytirish lozim.
|
| |