• Jami 30178,7 100,0 1513405,0 100 12147,1 100,0
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet514/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
     
     


    501 
    26.1-jadval
    Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar 
    Davlat 
    nomi 
    Hududi 
    Aholisi soni 
    YaIM 
    ming 
    km

    salmog’i, 

    ming kishi salmog’i, 

    mlrd. doll salmog’i, 

    O’zbekiston 447,4 
    1,5 
    26851,2*** 1,8 
    45,8**** 0,4 
    Qozog’iston 2717,3 
    9,0 
    15217,7** 
    1,0 
    125,9*** 
    1,0 
    Xitoy 
    9 597,0 
    31,8 
    1317000,0* 87,0 
    10210,0** 84,1 
    Qirg’iziston 198,5 
    0,7 
    5146,3*** 
    0,3 
    10,6*** 
    0,1 
    Rossiya 
    17075,4 56,6 
    142026,3* 9,4 
    1746,0** 
    14,4 
    Tojikiston 
    143,1 
    0,5 
    7163,5*** 
    0,5 
    8,8*** 
    0,1 
    Jami 
    30178,7 100,0 
    1513405,0 
    100 
    12147,1 
    100,0 
    Izoh: * - 2007, ** - 2006, *** - 2005, **** - 2004 yillar holatiga olingan ma’lumot. 
    Manba: 
    http://ru.wikipedia.org/wiki

    www.shos2007.ru

    www.krugosvet.ru/articles

    www.regnum.ru/dossier

    http://russian.scosummit2006.org/shanghe/

    O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi 
    iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar (tashqi 
    iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va 
    boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, 
    boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo’lgan xo’jalik sub’ektlarida 
    tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo 
    uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi. 
    Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli 
    darajada rivojlandi. Jumladan, 2007 yilga kelib Respublika hududida ro’yxatdan 
    o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni, ularning eksporti 
    hajmi mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi. Bunday korxonalarning 
    asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) 
    sohalarida to’plangan.
    Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha: MDH 
    mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin 
    muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi. 
    2008 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini 
    tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar 
    hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti hajmi to’xtovsiz 
    ko’payib borib, 2008 yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi 
    (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri keldi
    131

    Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, 
    rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o’sishi 
    hisobiga sifat jihatidan o’zgarmoqda. 
    131
    O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 


    502 
    Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan 
    qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi 
    navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat 
    beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-
    tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog’liqligini kamaytirishda muhim 
    yo’nalish bo’lib xizmat qiladi
    132

    Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama 
    aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. 
    O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasidagi yagona iqtisodiy makon 
    to’g’risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini 
    integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. 
    MDH mamlakatlari bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni 
    rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston 
    Hamdo’stlik davlatlari muassasalari – Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, Davlatlararo 
    bank va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi 
    mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama 
    tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular 
    kuchga kirdi. 
    Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy 
    sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo’lgan tashkilot 
    va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik 
    xatarlaridan keladigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy sug’urta 
    kompaniyasini, turli qo’shma sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida 
    BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, 
    Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi 
    kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda respublikada vujudga 
    keltirilgan huquqiy me’yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlarni 
    yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
    O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish