O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet512/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

global darajada 
amalga oshiriluvchi strategik integratsion 
vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro 
aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-
sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga 
bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik 
tashkiloti (OBSE), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, 
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning 
jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonning 
transkontinental darajada 
amalga oshiriluvchi integratsion 
vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi 
o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil 
etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, 
Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va 
Ozarbayjon)ni 
oladi. 
Uning 
asosiy 
maqsadi 
– xo’jalikning transport, 
kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini 
rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga 
qo’yishdan iborat. 
O’zbekiston 
mintaqalararo darajada 
yangi mustaqil davlatlar – MDH 
mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni 
tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, 
integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro 
iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi 
institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. 
130
Karimov I.A. «O’zbеkiston buyuk kеlajak sari». T.: «O’zbеkiston», 1998. 266-267-b. 


500 
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi 
chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan 
foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu 
asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi 
vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy 
masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning 
nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib 
qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi.
O’zbekistonning

Download 8,58 Mb.
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish