• Evropa Ittifoqi
  •  Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet508/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   504   505   506   507   508   509   510   511   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
    2. Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari 
     
    Integratsiya jarayonlari ob’ektiv tavsif kasb etishiga qaramay, u o’z-o’zicha, 
    stixiyali tarzda bormaydi. Balki bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan 
    mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar o’rtasida qonuniy 
    kelishuv va o’zaro shartnomalar asosida amal qiladi.
    Hozirda dunyoda juda ko’plab integratsion guruhlar mavjud. Biz turli 
    mintaqalardagi 
    asosiy 
    integratsion 
    guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni 
    ko’rsatishimiz mumkin: 
    -
    G’arbiy yevropada – yevropa Ittifoqi (EI); 
    -
    Shimoliy Amerikada – Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amerika bitimi 
    (NAFTA); 
    -
    Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari 
    assotsiatsiyasi (ASEAN). 
    Evropa Ittifoqi
    1993 yil 1 noyabrda Maastrixt kelishuvlari (bu kelishuvlar 1991 
    va 1992 yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini shakllantirish to’g’risida imzolangan 
    edi) kuchga kirishi asosida yangi nom bilan paydo bo’ldi. Bunga qadar u yevropa 
    hamjamiyati deb atalib, o’z ichiga 1967 yilda birlashgan uchta mustaqil mintaqaviy 
    tashkilotlarni olar edi, ya’ni: 
    - 1951 yilda tashkil etilgan ko’mir va po’lat ishlab chiqarish bo’yicha yevropa 
    birlashmasi; 
    - 1957 yilda tashkil etilgan yevropa iqtisodiy hamjamiyati; 
    - 1958 yilda tashkil etilgan atom energiyasi bo’yicha yevropa hamjamiyati. 
    EI doirasidagi integratsiyaning rivojlanishi bosqichma-bosqich bormoqda. 
    Jumladan, dastlab erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozorning, 


    497 
    keyinchalik esa iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil etilishi bu tuzilmalar 
    shakllanishining quyidan yuqoriga tomon harakatini bildiradi. 
    Hozirda yeIda yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini tashkil etish 
    jarayoni yakunlanib, mamlakatlar iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqlarni 
    rasmiylashtirdilar. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   504   505   506   507   508   509   510   511   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish