|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 506/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIbojxona ittifoqi.
Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining
faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va uchinchi
mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. yevropa
Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;
-
to’lov ittifoqi.
Bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda
yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy
Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir;
-
umumiy bozor.
Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib,
uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga
kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat
ta’minlanadi. Bunga yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki yevropa umumiy bozorini misol
qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to’lovlari va import me’yor
(kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan yevropa bozoriga tovarlar kirishi
bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi
ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi;
-
iqtisodiy va valyuta ittifoqi
. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy
shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari
umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob’ektiv tavsifdagi bir qator omillar
taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi:
- xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi;
- milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.
Integratsiya jarayonlarini rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri –
|
| |