dirijizm (asosiy vakili
Ya.Tinbergen)
bo’lib, uning namoyandalari integratsiya jarayonlarida bozor
mexanizmining hal qiluvchi rolini inkor etadilar. Ular
xalqaro
iqtisodiy tuzilmalarning
tashkil etilishi va amal qilishi integratsiyalashayotgan mamlakatlar tomonidan
umumiy iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi, sotsial qonunchilik bo’yicha kelishuv,
kredit siyosatining muvofiqlashtirilishi asosida amalga oshirilishi mumkin deb
hisoblaydilar.
Yuqoridagi turli-tuman nazariyalarning umumiy tavsifi shuni ko’rsatadiki,
ularning har biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ma’lum jihatlarini ochib berishga,
bu boradagi muammolarni hal etish va yangi g’oyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur nazariyalarning to’g’ri va ilmiy asoslangan tomonlaridan foydalangan holda
xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillashtirishga intilish iqtisodiyot
nazariyasi oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya –
bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas chatishib-chirmashib rivojlanish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud
jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o’zaro ta’siri orqali, ular
o’rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet
ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya
davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning
kelishuvi asosida amalga oshadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
-
erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib,
uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklashlari bekor
qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy
tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy
ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo’lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan
ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi.
495
Bunga yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim
misol bo’la oladi;
-