• 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammit
  • Xulosalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet501/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    vropa Markaziy banki
    tuzilib, u milliy banklar 
    bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi. 
    SHuningdek, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz berishi va ko’plab 
    mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar 
    keltirishi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo’ydi. Ushbu 
    inqirozga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida dastlab 2008 yil 
    noyabr oyida Vashingtonda, keyin 2009 yil aprel oyida Londonda jahon yalpi 
    mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 
    20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammit
    o’tkazildi. Prezidentimiz dastlabki sammit muhokamalarida inqirozni keltirib 
    chiqargan sabablar tahlili bo’yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga 
    ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom 
    etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab 
    chiqish haqida hali erta ekanligini qayd etib, «shu bilan birga, mazkur sammitning 
    bo’lib o’tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog’liq muammolar va vujudga 
    kelgan vaziyat muhokama qilinganining o’zi umid uyg’otadigan ijobiy hol ekani 
    shubhasiz»
    129
    , deya baholadilar.
    Xulosalar: 
     
    1.
    Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan iqtisodiy aloqalarning xalqaro miqyosga 
    chiqishi va yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining 
    amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir 
    ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro 
    raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi 
    turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi 
    jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-
    sharoitlar orqali aniqlanadi. 
    129
    Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
    T.: O’zbеkiston, 2009, 6-7-b. 


    491 
    2.
    Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu iqtisodiy 
    aloqalarining jahon miqyosida kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora 
    kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni hisoblanadi. 
    3.
    Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi 
    jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Globallashuv jahon xo’jaligining butun makonini 
    qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va 
    rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jararyonining mulkchilik munosabatlarining 
    globallashuvi; kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish; 
    xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi; 
    xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanishi kabi yo’nalishlarini 
    ajratib ko’rsatish mumkin. Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining 
    turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi; boy va 
    qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi; ekologik halokat tahdidlarining 
    kuchayib borishi; turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi kabi 
    ziddiyatli tomonlari ham mavjud.
    4.
    Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va 
    xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida 
    mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga 
    yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi. 
    5.
    Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. 
    Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon 
    bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy 
    xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan 
    tavsiflanadi. 
    6.
    Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi 
    kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining 
    ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga 
    ko’chib o’tishida topadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish