|
Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish Pdf ko'rish
|
bet | 497/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik
aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida
Xalqaro valyuta fondi (XVF)
,
Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB)
,
jahon savdosi sohasida –
Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv – Jahon savdo
tashkiloti (TSBK – JST)
ni ko’rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan
boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar
faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar
tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni me’yoriy
chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro
aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga
amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga
oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi
mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning
20-yillarida tuzilgan bo’lsada (Millatlar
ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro darajada jahon
xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon
urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar –
Xalqaro valyuta
fondi (XVF)
va
Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB)
tashkil topdi.
Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon
savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga
solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan
|
| |