• Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakatga keltirilishi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet494/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Xalqaro iqtisodiy 
    munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari 
    deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik 
    aloqalari majmuidir. 
    Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 
    - tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; 
    - kapital va chet el investitsiyalarining harakati; 
    - ishchi kuchi migratsiyasi; 
    - ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; 
    - fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; 
    - valyuta-kredit munosabatlari. 
    Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro 
    mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi 
    natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro 
    harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator 
    bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy 
    munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va 
    xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini 27-
    mavzuda batafsil ko’rib chiqamiz. 
    Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va 
    harakatga keltirilishi.
    U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: 
    - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan 
    harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi; 
    - pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, 
    patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo’lishi mumkin; 
    - qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; 
    - ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar 
    bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali 
    to’g’ridan-to’g’ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo’ladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish