O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet490/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Globallashuv
(lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining 
butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining 
tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi 
iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi 
masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda
128
.
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab 
oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon 
xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli 
bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, hozirgi vaqtda 
jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, 
yo’nalishlari amalga oshmoqda. 
Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi 
bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv 
jarayonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi yo’nalish
– 
mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. 
Hozirda 
mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’plab 
davlatlarning ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga 
transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini 
misol keltirish mumkin. 
Evropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy 
tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar yeIga 
a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi.
Ikkinchi yo’nalish
– 
kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori 
darajasiga o’tish. Yu
qori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab 
mehnat kooperatsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda katta 
tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli 
mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. 
Masalan, AQSH «Boing» samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni 
mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.
Uchinchi yo’nalish
– 

Download 8,58 Mb.
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish