jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet486/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab 
chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan 
turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir. 
Jahon xo’jaligi
sub’ektlari
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar; 
- transmilliy korporatsiyalar; 
- xalqaro tashkilot va institutlar; 
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi 
firmalar. 
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan 
farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy 
siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib 
jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro 
raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal 
qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib 
beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida 
sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va 
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy 
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar 
manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya 
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi 
126
Qaralsin: Borisov ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. – M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 
2005, s.497-499. 
127
Qaralsin: Ekonomika: Uchеbnik, 3-е izd., pеrеrab. i dop. / Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. A.S.Bulatova. – M.: 
Ekonomist, 2005, s.691.


479 
davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan 
qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. 
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati 
mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning 

Download 8,58 Mb.
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish