• Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish
  • aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet482/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash 
    va qo’llab-quvvatlash
    borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazilganligi bo’ldi. Bu 
    yo’nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko’p 
    bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda 
    daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi. 
    «Ma’lumki, mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni bepul sigir ajratish yo’li 
    bilan qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2006 yildan hozirga qadar 
    ana shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijada 2009 yilning 
    1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarida qoramol boquvchi sifatida 
    ro’yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni 1 million 100 mingdan ko’proqni tashkil 


    473 
    etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming 
    fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi»
    125

    Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini 
    ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish
    – ijtimoiy siyosatni 
    amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi 
    bosqich boshlashini bildiradi. 
    Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga 
    asoslanib, ijtimoiy ko’maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash 
    manbalarini tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi 
    va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko’zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam 
    ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo’llanilib, shu maqsad uchun 
    davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda 
    jamg’armalarning mablag’laridan ham foydalaniladi. 
    Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar 
    yordamdan bahramand bo’luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa 
    va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda 
    mahallalarda budjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va 
    ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar 
    hosil qilindi. 
    Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimi mehnatga rag’batlantiradigan omillar va 
    vositalar yangi tuzilmasi paydo bo’lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, islohotlar 
    davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan birga, o’z 
    mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun 
    teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O’zbekistonda aholini 
    ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar buning yaqqol 
    dalilidir. 
    Jumladan, yaqin uch yil ichida ish haqini 2-2,5 barobar oshirish bo’yicha 
    qo’yilgan strategik vazifaga muvofiq, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va 
    nafaqalar miqdori 1,5 barobar ko’paytirildi. 2007 yilning dekabrida o’rtacha oylik ish 
    haqi, xo’jalik sub’ektlari va budjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollari 
    miqdoriga teng, 2008 yilda esa 300 AQSH dollaridan ortiq bo’ldi. 2006 yildan boshlab 
    umumta’lim maktablari o’qituvchilari va shifokorlar mehnatiga haq to’lashning 
    yanada takomillashtirilgan tizimi
     
    joriy etildi. Natijada keyingi ikki yilda ularning ish 
    haqi miqdori tegishli ravishda 2,8 va 2,7 barobar oshirildi. 
    Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o’z navbatida ular 
    turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin 
    yaratmoqda. Bu esa, o’tgan davrda qator ijobiy o’zgarishlarni qo’lga kiritish imkonini 
    berdi. Jumladan: 
    125
    Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
    T.: O’zbеkiston, 2009, 27-b. 


    474 
    - Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Samarqand va Buxoro, 
    Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni 
    yaxshilash bo’yicha yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi; 
    - qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz 
    tarmoqlari foydalanishga topshirildi
    - aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash 84 foizga, shu jumladan, qishloq joylarda 
    77 foizga yetdi; 
    - tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foiz, qishloqlarda esa 77 foizgacha o’sdi.
    Ta’lim sohasida ham aniq maqsadli umummilliy ijtimoiy dasturlar amalga 
    oshirilib, o’tgan yil davomida quyidagi salmoqli natijalar qo’lga kiritildi:
    - yangi qurilish va kapital rekonstruktsiya qilish hisobdan eng zamonaviy o’quv-
    laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari jihozlangan 169 ta kasb-hunar 
    kolleji, 18 ta akademik litsey hamda 336 ming nafar o’quvchiga mo’ljallangan 558 ta 
    umumta’lim maktabi ishga tushirildi; 
    - 170 ta bolalar sporti ob’ekti, jumladan, 27 ta sport inshooti, 143 ta maktab sport 
    zali barpo etildi. 
    Prezidentimiz o’tgan yil davomida yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash 
    yo’lidagi ishlarni sarhisob qilib, bu borada quyidagi erishilgan natijalar hamda amalga 
    oshirilayotgan chora-tadbirlarni alohida ta’kidlab o’tdi: 
    - mamlakatimizda umumiy o’lim ko’rsatkichi keyini 10 yilda qariyb 20 foizga 
    kamaydi; 
    - go’daklar o’limi ko’rsatkichi yangi tug’ilgan har 1000 nafar chaqaloqqa nibatan 
    23 tadan 13 taga tushdi va birgina 2007 yilning o’zida 11 foizga kamaydi; 
    - 2007 yilda Sog’liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi bosqichini 
    amalga oshirish bo’yicha maxsus dastur qabul qilinib, u hozirda amalga oshirilmoqda; 
    - tibbiyot sohasi boshqaruv tizimining barcha bo’g’inlari qayta ko’rib 
    chiqilmoqda; 
    - davolash-profilaktika muassasalari tarmog’ini qayta tashkil etilmoqda; 
    - viloyatlarda kattalar va bolalar uchun ko’p tarmoqli tibbiyot markazlari barpo 
    etilmoqda; 
    - qishloq vrachlik punktlari mustahkamlanib, ularning, avvalo, qishloq joylarda 
    kasalliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyati kuchaytirilmoqda; 
    - aholiga yuksak texnologik, noyob tibbiy xizmatlar ko’rsatadigan respublika 
    ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog’i kengaytirilmoqda. 
    Shuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam 
    ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ularga moddiy 
    yordam ko’rsatish borasida aniq yo’naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga 
    oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish 
    sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada faollashtirildi.
    Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo’llab-
    quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat 
    kasb etadi. 


    475 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish