• Birinchi bosqich
  • jahon bozori paydo bo’ldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi tizimi
  • To’rtinchi bosqich
  •  Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet485/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari 
    va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi 
    Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos 
    xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro 
    bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi. 
    Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. 
    Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi: 
    Birinchi bosqich
    ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga 
    kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida paydo bo’lgan 
    savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli 
    mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – 
    xalqaro savdo
    ning paydo bo’lishi 
    va rivojlanishiga olib keldi. 
    Ikkinchi bosqich
    ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kelib, yirik 
    mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko’proq 
    foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy 
    qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan
    jahon bozori
    paydo bo’ldi.
    Uchinchi bosqich 
    XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda 
    jahon xo’jaligi 
    tizimi
    shakllandi. 


    478 
    To’rtinchi bosqich 
    XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka 
    mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon 
    iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendentsiyalarini paydo bo’lishi bilan 
    bog’liq. Bu tendentsiyalar quyidagilardan iborat: 
    -
    iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; 
    -
    ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; 
    -
    jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi; 
    -
    jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi
    126
    .
    «Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari bir 
    xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari farqlanadi
    127

    Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning 
    yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo 
    bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi 
    tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo 
    bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib 
    bormoqda.
    Demak,

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish