481
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil
sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va
miqdori, rivojlanish ko’lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning
hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab
chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo’ladi. Shuning uchun har bir mamlakat
o’zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa
mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan ko’proq
xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko’ra umuman ishlab
chiqarib bo’lmaydigan tovarlarni jahon bozoridan sotib olishga intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular