• IV BO’LIM. JAHON XO’JALIGI 25-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi…. 1.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning
  • Takrorlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet484/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1. 
    Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani 
    tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta’minlashda bu siyosatning roli qanday? 
    2. 
    Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi 
    omillarni sanab ko’rsating. 
    3. 
    Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini 
    qanday ko’rsatkichlar tavsiflab beradi? 
    4. 
    Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko’rsating va tushuntirib 
    bering. 
    5. 
    Lorens egri chizig’i nimani anglatadi? Uning mazmunini misollar yordamida 
    bayon qiling. 
    6. 
    Jini koeffitsienti qanday aniqlanadi? Rivojlangan mamlakatlarda mazkur 
    koeffitsient qiymatining o’zgarish tendentsiyalari nima bilan izohlanadi? 
    7. 
    O’zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi 
    davrdagi asosiy yo’nalishlarini izohlang. 
    8. 
    Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida qanday ishlar 
    amalga oshirildi? 
    9. 
    Keyingi yillarda O’zbekistonda aholi daromadlarini oshirish borasida qanday 
    natijalar qo’lga kiritilmoqda? 
    10. 
    Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o’zgarishida qanday 
    tendentsiyalar kuzatilmoqda?
    IV BO’LIM. JAHON XO’JALIGI
    25-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi…. 
    1.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning 
    baynalminallashuvi…. 
    2.Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari. 
    3.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining 
    rivojlanishi…… 
    4.Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish 
    Oldingi mavzularda iqtisodiy munosabatlarning namoyon bo’lish xususiyatlari va 
    qonuniyatlari alohida olingan xo’jalik sub’ektlari va milliy iqtisodiyotlarga nisbatan 
    ko’rib chiqilgan edi. Shuningdek, bu munosabatlarni nafaqat alohida xo’jalik 
    sub’ektlari va iqtisodiyotlar, balki butun jahon xo’jaligiga nisbatan ham ko’rib chiqish 


    477 
    muhim hisoblanib, bunda mazkur munosabatlarning namoyon bo’lish shakllari 
    mazmun jihatdan farqlanadi.
    Hozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo’jaliklarning 
    baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va avvalo jahon bozorining 
    shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo’lgan 
    jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-
    siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, 
    dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O’zbekiston bilan jahon 
    hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari 
    vujudga keldi. 
    O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama 
    aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy 
    jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining 
    rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki 
    imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish 
    darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi. 
    Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy rivojlanish 
    muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko’ra ushbu mavzuda jahon 
    xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va 
    globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon 
    infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish 
    masalalari bayon etiladi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish