• Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda
  •  Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbekistonda ijtimoiy




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet480/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbekistonda ijtimoiy
    siyosatning asosiy yo’nalishlari 
    Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan muayyan 
    markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o’rtasida 
    budjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda 
    ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish (masalan, fermerlarga 
    narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan 
    foydalanadi. 
    Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam 
    ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda 
    qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi.
    Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi 
    munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. 
    Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko’rsatishi sababli 
    daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi 
    iste’mol tovarlari 
    narxlarining o’sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash
    , ya’ni 
    nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi. 
    Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi 
    aholi 
    kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash
    hisoblanadi. 
    Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida 
    aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. 
    Ijtimoiy 
    minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga 
    ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Fiziologik 
    minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.


    472 
    Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj 
    qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, 
    shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbekistonda ijtimoiy

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish