483
To’rtinchi yo’nalish
–
xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli
rivojlanadi.
Jahon xo’jaligi
sub’ektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro
bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora
ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning
murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo
va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va
boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini
zaruriyatga aylantiradi.
Shuningdek, jahon xo’jaligi globallashuvi jarayonlarining
ziddiyatli tomonlari
ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.
Iqtisodiy o’sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol
o’ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga
«sakrab» o’tilishi o’ziga xos «tutash zanjir» hosil qildi. Global miqyosdagi
axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning texnologik jihatdan baravarlashuvi
tendentsiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi
texnikaviy to’ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan
o’zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va
texnologiyalar, sun’iy to’siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo’yicha tezlik bilan
tarqalmoqda.
Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo’jaligidagi iqtisodiy o’sish sur’atlarida
jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab
chiqarishning ko’payishi tezligi juda o’sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM o’sish
tendentsiyasiga ega bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko’paydi. Ikkinchidan,
iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g’arb mamlakatlari iqtisodiy
qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tendentsiyasi
kuzatilmoqda.
Ba’zi mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy o’sish sur’atlarini sezilarli darajada
oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga
erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial
mamlakatlarning «dastlabki avlodi» – Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va
Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi
industrial mamlakatlarning «ikkinchi avlodi» – Indoneziya, Filippin, Malayziya,
Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat
an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan
ishlab chiqarish vositalari bozori bo’yicha raqobatlasha boshladilar.
Biroq, hali jahon xo’jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga
yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur
resurslarga ega bo’lmagan ko’plab mamlakatlar ham mavjud.