Leontev paradoksi degan nom oldi.
Ma’lum bo’ldiki, AQSHdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga
ta’sir ko’rsatmaydi. AQSH ko’proq mehnat sig’imi yuqori, kapital sig’imi esa past
bo’lgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Leontev Amerikadagi mehnatning yuqori
unumdorligi amerikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog’liqligini
ta’kidlab, bu yerdagi mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalentlikda
ekanligini ko’rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo bo’lishiga olib
keldi.
Ishchi kuchi malakasi modeliga ko’ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to’rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega bo’lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining
nisbatan ko’pligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning
eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining ko’pligi esa ishlab
chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xeksher-Olin nazariyasining faqat yutuqli jihatlarini
emas, balki cheklangan tomonlarini ham ochib beradi. Jumladan, quyidagi jarayonlar
bu nazariyaga muvofiq kelmaydi:
- yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy
siljishlarning yaqinlashuvi;
- daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi
savdoning ahamiyatli va muntazam o’sib boruvchi solishtirma salmog’i;
- jahon savdosida o’xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib berishning
yuqori va o’sib boruvchi solishtirma salmog’i.
Sanab o’tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xeksher-Olin nazariyasini
kengaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo’llarini qidirish vazifasini qo’yadi.
Bu, bir tomondan, nazariyaning kengayishiga, ishlab chiqarish omillarining yangicha
509
talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to’liq inkor etilishiga hamda XMT
samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondashuvlarning paydo bo’lishiga olib
keladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti neoklassik nazariyalari o’rtasida amerikalik iqtisodchi