516
- chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to’lovlari o’rnatish orqali milliy ishlab
chiqarishni himoyalash;
- tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining
o’rnatilishi va h.k.
Zamonaviy protektsionizmning
ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy ishlab
chiqaruvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ularni xorijiy ishlab
chiqaruvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va vositalari
o’zining moslashuvchanligi bilan klassik protektsionizmdan farq qiladi.
Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko’ra erkin savdo tufayli, jahon xo’jaligi resurslarni
samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga erishishi mumkin.
Protektsionizm, ya’ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar xalqaro ixtisoslashuvdan
olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo’qqa chiqaradi.
Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari
quyidagilar:
1) boj to’lovlari.
Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi, u
daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
2) import kvotalari.
Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig’ida import
qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi;
3) tarifsiz to’siqlar.
Tarifsiz to’siqlar tarkibiga litsenziyalash tizimi, mahsulot
sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi;