515
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichki
savdoga nisbatan qo’llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sezilarli
farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli
mamlakatlar o’rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq.
Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar,
oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo’lsa, bugungi kunga kelib
sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sezilarli darajada
o’sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy
savdo aylanmasining 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish
shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko’rinishdagi tovar birjalari,
auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki
tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo’llanmoqda:
1) barter – tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash.
Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun
pulning qiymat o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir
qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi
mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko’ra, texnologik asbob-
uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar
ko’rinishidagi) bo’yicha to’lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor
mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish
quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini
qo’shimcha xomashyo yetkazib berish orqali to’lash;
7) kliring operatsiyalari, ya’ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali
naqd pulsiz hisoblashuv.
Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha
hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompensatsion bitimlar
– 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu
vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu
siyosatning