• Erkin savdo (fritrederlik) siyosati
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet531/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    4) eksportni ixtiyoriy cheklash. 
    Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo to’siqlarining 
    nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari o’zlarining ma’lum 
    mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi. 
    Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini 
    rivojlantirishi, o’zlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab 
    chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori 
    nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi 
    va ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo’lmagan tovarlarga 
    ayirboshlash hisobiga yutish mumkin. 
    Shu o’rinda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi, degan savol tug’iladi. 
    Birinchidan, iqtisodiy resurslar dunyo mamlakatlari o’rtasida juda notekis taqsimlanadi: 
    mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanishi keskin farqlanadi. 
    Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil texnologiya yoki 
    resurslar uyg’unlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta’sirini oson 
    tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko’p va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga 
    ega, malakali mehnat ortiqcha bo’lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli, Yaponiya 
    tayyorlash uchun ko’p miqdorda malakali mehnat talab qilinadigan turli-tuman mehnat 
    sig’imli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, 
    juda keng maydonlariga ega bo’lgan holda yetarli bo’lmagan miqdorda inson resurslari 
    va kapitalga ega. 
    Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to’siqlarini kiritishdan 
    oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo’qotish hisoblanadi. 


    517 
    Erkin savdo (fritrederlik) siyosati
    protektsionizm siyosatining aksi bo’lib, 
    tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini 
    o’sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning 
    ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. 
    Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi. 
    Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon 
    bo’ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni 
    rag’batlantirishga yo’naltirilgan. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish