Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet539/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   535   536   537   538   539   540   541   542   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat 
valyutasidagi bahosidir. 
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni 
ajratib kursatish mumkin: 
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi; 
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya 
darajasi; 
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansi holati; 
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; 
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. 
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish 
xarid qilish 
layoqatining paritet
(turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) 
nazariyasi
yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini 
aniqlash uchun ikki mamlakat iste’mol tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab 
qilinadi. Masalan, agar O’zbekistonda bunday «savat», aytaylik 120 ming so’m, 
AQSHda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga bo’lib, 1 dollarning narxini hosil 


523 
qilamiz, bu 1200 so’mga teng. Agar boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda 
mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning so’mga nisbatan almashuv 
kursi ham oshadi. Bunday bog’liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
i
i
P
P
r
yoki
P
r
P
/




bu yerda: P – mamlakatimizdagi narxlar darajasi; 
P

– xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi; 
r – valyuta kursi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi. 
O’zbekiston Markaziy banki mavsumiy tebranishlarni kamaytirish va oltin-
valyuta zaxiralarini ko’paytirishni hisobga olgan holda o’zgaruvchan valyuta kursi 
rejimini qo’llab kelmoqda. 2007 yilda Markaziy bankning valyuta siyosati milliy 
valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olish, mamlakatda eksportni 
rag’batlantirish va valyuta resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga 
yo’naltirildi. O’tgan yilda milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan nominal 
devalvatsiyasi 4,0 foizni tashkil etdi, bu esa 2006 yilga nisbatan 1,1 foizli bandga 
pastdir. 
Milliy valyuta almashuv kursining maqsadli parametrlar doirasida bo’lishi va 
uning devalvatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi iste’mol 
tovarlari narxlarini past darajada ushlab turish uchun qo’shimcha omil sifatida xizmat 
qildi. 
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini moliyalashtirish va tashqi 
iqtisodiy omillarning ichki bozorga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida tashkil 
etilgan O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot Jamg’armasiga 2007 yil 
oxiriga kelib 1132 mln. dollardan ko’proq mablag’lar mujassamlashtirildi. Ushbu 
mablag’lar iqtisodiyotda pul massasining asossiz o’sishini oldini olish orqali ichki 
bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda
137

Agar O’zbekistonda muomaladagi pul massasining ko’payishi oqibatida, tovarlar 
narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo’lganda dollarning so’mga 
ayirboshlash kursi ikki marta oshadi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   535   536   537   538   539   540   541   542   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish