520
To’lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:
-
chet el valyutalari;
-
oltin;
-
mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
-
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki bozorda
chet el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va
uning ayirboshlash kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko’rsatadi.
Aksincha, to’lov balansining aktiv qoldig’i Markaziy bank rasmiy valyuta
ehtiyojlarining o’sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el valyutalari taklifini
kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi
pasayib, iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib
olinishi