O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet543/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
Xulosalar: 
 
1.
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. 
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning 
ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga 
kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok 
eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import 
kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 


526 
2.
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital 
eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi 
shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan 
mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini 
qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan 
bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun 
qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror 
daromad olish omili hisoblanadi.
3.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi eksport hajmi uning 
iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport 
imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z 
iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin 
bo’lgan qismi.
4.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu 
vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu 
siyosatning protektsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to’liq 
erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
5.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, 
ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan 
boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki 
tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga 
rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining debet va kredit qismlarida o’z ifodasini 
topadi. 
6.
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi 
to’lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta 
qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni 
rag’batlantiradi. 
7.
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga 
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar 
oqimi, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan 
bog’liq iqtisodiy munosabatlar-xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U 
pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. 
8.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta 
kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat 
valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi. 
9.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qilish 
layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) 
nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini aniqlash 
uchun, ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab 
qilinadi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish