• Xalqaro valyuta fondi (XVF)
  •  Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet540/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi 
    Xalqaro valyuta munosabatlari o’ta beqaror, noaniq va tez o’zgaruvchi jarayon 
    bo’lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi 
    davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar 
    qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), 
    137
    Pul-krеdit sohasidagi mavjud vaziyat va monеtar siёsatning 2008 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari. - 
    http://cbu.st.uz/uz/monet_policy/monet_direct2008.htm. 


    524 
    Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish 
    assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin. 
    Xalqaro valyuta fondi (XVF) 
    o’ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va 
    to’lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish 
    maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’p tomonlama 
    to’lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
    Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta 
    nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko’rsatishning 
    oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga o’tilishi bilan bu 
    faoliyat yo’nalishi o’zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko’rib chiqildi. Unga 
    ko’ra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat funktsiyalarini 
    kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda asossiz kurs 
    nisbatlariga ta’sir o’tkazish dastaklarini kengaytirish ko’zda tutildi. 
    XVF mamlakatlarning to’lov balanslarini va tashqi qarzlarni tartibga solish 
    maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o’zining iqtisodiy 
    siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o’zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 yildan 3 
    yilgacha bo’lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturi 
    ko’rinishidagi bunday o’zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va 
    bunga mamlakatning to’lovga layoqatligi to’g’risidagi o’ziga xos xalqaro guvohnoma 
    sifatida qaraladi.
    1970 yildan boshlab XVF xalqaro to’lov va zaxira vositalari – 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish