|
rasmiy zaxiralar bo’yicha operatsiyalar Pdf ko'rish
|
bet | 536/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIrasmiy zaxiralar bo’yicha operatsiyalar
deyiladi. Bu operatsiyalar Markaziy
bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zaxiralar bo’yicha
operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va
zaxiralar miqdorining o’zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo’yicha taqchillikni bartaraf
qilishni kechiktirishi va o’zining rasmiy valyuta zaxiralarini to’liq sarflashi natijasida
to’lov balansi inqirozi kelib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to’lash holatida
bo’lmaganligi sababli, chet eldan kredit olish imkoniyatidan mahrum bo’ladi.
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi
to’lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag’batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini
olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta
zaxiralari bir vaqtda to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el
valyutalariga o’sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo’lmay
qoladi. Bunday holda valyutalarning «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana
boshlaydi.
Respublikamizda davlat budjeti taqchilligi ijobiy tavsifga egaligi, tashqi savdo
aylanmasida ijobiy saldoga erishilganligi (2008 yil 4068,8 mln. AQSH dollari
miqdorida) va oltin-valyuta zaxiralarimizning yildan-yilga ko’payib borayotganligi
orqali «O’zbekiston o’zining ishonchli va to’lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini,
mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo’yicha har tomonlama qulay shart-
sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda»
1
.
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 10-b.
|
| |