519
kredit-pul, valyuta,
budjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat
qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.
Joriy operatsiyalar hisobi o’z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+»
belgisi
bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni
oladi.
Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi muvozanat (tenglik) savdo
balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari zaxiralarini
vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) mamlakatdagi chet
el valyutalari zaxirasini qisqartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli
xizmatlardan olinadigan
sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo’yilgan milliy pul
kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga
qo’yilgan chet el kapitaliga qaraganda ko’proq miqdorda
foiz va dividend keltirsa,
bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag’larning boshqa mamlakatlarga
o’tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg’a, chet elga pul o’tkazishlar yoki chet
mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda mavjud chet
el valyutalari zaxirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig’i
quyidagicha
ifodalanadi:
X
-
M
= X
n
= Y
-
(S+I+G)
eksport
import
sof eksport
YAIM
absorbtsiya