• Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB)
  • Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)
  • Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet542/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   538   539   540   541   542   543   544   545   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)
    ning asosiy faoliyati
     
    esa ko’proq 
    qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan. 
    Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 
    tarkibiga barcha sanoat 
    jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy 
    rivojlanishidagi tendentsiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki xatti-harakatlarning 
    boshqa mamlakatlar to’lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan 
    ishlab chiqilgan bashorat ko’rsatkichlari asosida, jahon xo’jaligi rivojlanish 
    tendentsiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o’zaro moslashuviga 
    imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo’yicha tavsiyalar beriladi.
    Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) 
    SHveytsariyaning Bazel shahrida 
    joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini 
    xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. XHB yevropaning deyarli barcha 
    mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, YAponiya hamda AQSH tijorat banklari guruhini 
    o’z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o’zlarining oltin-valyuta 
    zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar. 
    Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 
    SHarqiy yevropa hamda sobiq 
    Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko’maklashishni muvofiqlashtirish 
    maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va SHarqiy 
    yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog’liq turli ko’rinishdagi 
    dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo’jaligiga 
    moslashuvini jadallashtirishga ko’maklashishga yo’naltirilgandir.
    Bugungi kunda sanab o’tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro 
    valyuta-moliya 
    sohasidagi 
    munosabatlarni 
    tartibga 
    solish 
    va 
    yanada 
    takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu 
    bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy 
    yordam ko’rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko’mak berilayotgan 
    mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo’nalishi sifatida 
    ko’proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish 
    zarur bo’ladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   538   539   540   541   542   543   544   545   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish