529
KIRISH
Yashab turgan davrimizning xususiyati har bir
sohaning tubdan va sifat
jihatidan yangilanish, oldimizga qo’yilgan maqsadga erishishning
aniq vazifalarini
ifoda etadi. bu esa har birimizdan qilayotgan ishimizni qayta ko’rib chiqishni va
yangicha yondoshuvni talab qilmoqda. «Iqtisodiyot nazariyasi»
fani davlatning
iqtisodiy siyosatini asoslab berish bilan birga, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan bir
davrda yoshlarimizning iqtisodiy bilimga chanqoqligini
qondirishdagi asosiy nazriy
fandir.
Tadbirkorlik sohasi, boshqaruv tizimi bevosita ishlab chiqarish va biznesda ham
chuqur nazariy va amaliy bilimlarsiz harakat qilish tahlikali va samarasizdir. Hozirgi
kunda daromadning miqdori ham ishchi kuchining malakasi va tajribasiga bog’liq
bo’lib qolmoqda.
SHu borada «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan olgan bilimlarni yanada chuqurroq
o’zlashtirishi va talabni mustaqil ishlashga undash maqsadida quyidagi masalar
to’plami taklif qilinmoqda.
Mazkur masalalar va misollar O’zbekiston Respublikasining
hamda chet el
iqtisodchilarining kitoblaridagi ilmiy nuqtai nazarlarga tayanadi. SHuning, ularni
yechishda har bir kishi o’zining hayotiy tajribasiga ham tayanish mumkin.