• Uchinchi bosqich
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet538/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Birinchi 
    bosqich
    1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda 
    oltin standart
    sifatidagi valyuta 
    tizimi ustunlikka ega bo’lgan. 
    Ikkinchi bosqich
    1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, 
    bunda 
    oltin-devizli
    (Breton-Vuds tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega 
    bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. 
    Uchinchi 
    bosqich,
    ya’ni hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil 


    522 
    topgan bo’lib, bu tizim 
    boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi
    nomini oldi. 
    Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun 
    valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi. 
    Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini ko’zda 
    tutadi. Banklar o’zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro 
    to’lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo’lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat 
    qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, 
    ya’ni: a) o’z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o’rnatadi; b) o’zining oltin 
    zaxirasi va pulning ichki taklifi o’rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning 
    erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi. Oltin strandart pul birligining oltin 
    mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul 
    birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo’yicha o’rnatiladi. 
    Oltin standart barbod bo’lgandan keyin, valyuta sohasini tartibga solishning 
    o’zaro maqbul yo’lini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valyuta tizimi asoslarini 
    ishlab chiqish maqsadida, 1944 yil Bretton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi davlatlarning 
    xalqaro konferentsiyasi chaqirildi. Bu konferentsiyada o’zaro bog’liq valyuta 
    kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va bu 
    ko’pincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan 
    keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valyuta standart (AQSH dollari) yotadi va 
    bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi. 
    Dollarning oltinga almashinishi rasman to’xtagandan keyin, valyutaning qayd 
    qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o’rin bo’shatadi. Xalqaro valyuta tizimidagi bu 
    o’zgarish 1976 yil Kingston (YAmayka) dagi kelishuvga binoan huquqiy jihatdan 
    mustahkamlanadi. Qog’oz pul tizimiga o’tish bilan, qog’oz pullar oltinga 
    almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday boshqa 
    narxlar kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi. 
    Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi 
    hisoblanadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish