|
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va Pdf ko'rish
|
bet | 537/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI4. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va
valyuta tizimlari
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va
subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.)
xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit
munosabatlari deb ataladi.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
pulning xalqaro
to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.
Valyuta – bu
mamlakatlar pul birligi
(masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy
bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta
tizimini farqlash zarur.
Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy
qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini
ifodalaydi.
Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
-
milliy pul birligi;
-
valyuta kursi tartibi;
-
valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari;
-
valyuta bozori va oltin bozori tizimi;
-
mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
-
mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;
-
mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.
Xalqaro valyuta tizimi
– xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo
bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:
-
asosiy xalqaro to’lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta
birliklari – SDR, yevro);
-
valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
-
xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi;
-
valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
-
xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
-
valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Bundan ko’rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil
bo’lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan
farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har
biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z tiplari mos keladi.
|
| |