|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 532/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIEksportni
rag’batlantirishning
tashkiliy
usullariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko’rsatish uchun
maxsus bo’linmalarni tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish;
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va h.k.
Eksportni rag’batlantirishning kredit-moliyaviy usullari
quyidagilardan
iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar
berilishini rag’batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.k.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan
iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
O’zbekistonning 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar
dasturida joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda
eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh
bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va
eksportni rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratish belgilab berilgan.
Xususan:
- aylanma mablag’larini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta
moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan
muddatga imtiyozli kreditlar berish;
- tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya
ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni budjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan –
qo’shimcha qiymat solig’i bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha
uzaytirish;
- banklar kreditlari bo’yicha to’lov muddati o’tgan va joriy qarzlar miqdorini
qayta ko’rib chiqish, budjetga to’lanadigan to’lovlarning penyasidan kechish va
boshqa muhim imtiyoz va preferentsiyalar berish
136
.
136
Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 33-b.
|
| |