514
MRS – jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik;
MRC – iste’molga so’nggi qo’shilgan moyillik.
Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Õ
Ì
YaIM
r
,
bu yerda:
M
r
– multiplikator;
∆X
– eksport hajmining o’sishi.
Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo’lmay, balki o’z ichiga importni
ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir
qismi importga sarflansa, u holda
mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg’arma singari boy berilgan
imkoniyat sifatida
amal qiladi, shuning uchun u matematik ifodalarda
manfiy ishora
bilan qo’llaniladi. Importni jamg’arish funktsiyasiga o’xshagan
holda tahlil qilish
mumkin. Buning uchun importga so’nggi qo’shilgan moyillik
tushunchasini kiritib
olamiz. Bu moyillik import hajmi o’zgarishining daromad o’zgarishiga nisbati orqali
ifodalanishi mumkin. Natijada