• Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir.
  • Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
  •  Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet524/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
    2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari 
    Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, 
    tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab 
    chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan 
    bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha 
    mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. 
    Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va 
    xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir.
    Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, 
    faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo 
    aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
    Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi 
    ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 
    Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur 
    mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
    Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab 
    chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga 
    chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon 
    narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi 
    mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog’liq. 
    Xalqaro savdoda 
    tovarlarning eksport tarkibi
    fan-texnika revolyutsiyasi va 
    xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda 
    xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi 
    o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to’g’ri 
    keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish